Barcha yangiliklar
Tuman fermer xo`jaliklarida chigit ekish ishlari o`rganildi va nazorat kuchaytirildi
Gallery image 111079
Gallery image 111080
Gallery image 111081
Gallery image 111082
Gallery image 111083
Gallery image 111084
Gallery image 111085
Gallery image 111086
Gallery image 111087
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
01 Apr 2026
22:35

Tuman fermer xo`jaliklarida chigit ekish ishlari o`rganildi va nazorat kuchaytirildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Xaitaxunov boshchiligida Kengash kotibiyati mudiri I.Jo`raev, “Agrar, suv xo`jaligi va ekologiya masalalari bo`yicha doimiy komissiya” raisi Q.Qo`ziev hamda “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo`yicha doimiy komissiya” raisi E.Qurbonovlardan iborat ishchi guruh tomonidan tumandagi “Yorqin mash`al jilosi”, “Beshkaram”, “Yaxshi niyatli Firdavs”, “Obodonchilik bunyodkori” fermer xo`jaliklarida o`rganish ishlari olib borildi. O`rganishlar davomida chigit ekish agrotexnikasi talablariga rioya etilishi holati, mehnatkashlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ekish ishlarining sifati atroflicha tahlil qilindi. 

Shu bilan birga, bildirilgan so`rovlar yuzasidan tuman qishloq xo`jaligi bo`limi mutahasislari, fermer xo`jaliklari
rahbarlari va tayyorlov-sotuv korxonalari mas`ullari bilan amaliy muloqotlar o`tkazilib, mavsumni belgilangan muddatlarda hamda yuqori sifat bilan yakunlashga kelishib olindi.‌‌