Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 111035
Gallery image 111036
Gallery image 111037
Gallery image 111038
Gallery image 111039
Gallery image 111040
Gallery image 111041
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
01 Apr 2026
19:12

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining sug‘orish holatini o‘rganish hamda bu borada targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan joylarda o‘rganishlar olib borildi.

🌱 O‘rganishlar jarayonida hududlarda ekilgan ko‘chatlarning aksariyati vegetatsiya davriga kirib, novda chiqarayotganligi, ya’ni ildiz otib, rivojlanish bosqichiga o‘tayotgani kuzatildi. Bu esa amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy natija berayotganidan dalolat berib, quvonarli hol sifatida qayd etildi.

💧Shu bilan birga, ayrim hududlarda ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish ishlari o‘z vaqtida va yetarli darajada tashkil etilmayotganligi, natijada ayrim ko‘chatlarning qurib qolish xavfi mavjudligi aniqlanib, bu borada mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✍️ O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularni belgilangan tartibda vakolatli idoralarga kiritish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mazkur yo‘nalishda ishlarni tizimli davom ettirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘chatlarning to‘liq saqlanib qolishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.