Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati
Gallery image 110759
SIDIKOVA SHAXNOZA BAXTIYOR QIZI
26 Fev 2026
00:00

#deputatlik_faoliyati

Tuman Kengashi deputati N.Xaitqulov tomonidan hududdagi 72-umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi

Deputat tomonidan dars jarayonlari bevosita kuzatilib, o‘qituvchilarning dars o‘tish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasi, axborot-kommunikatsiya vositalarini qo‘llash holati tahlil qilindi. 

Shuningdek, o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslarida ishtiroki, fan olimpiadalari va tanlovlarga tayyorgarlik jarayoni, sinfdan tashqari to‘garaklar faoliyati ham ko‘rib chiqildi. Ularning hujjat yuritish tartibi, sinf rahbarlarining ota-onalar bilan hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!