Barcha yangiliklar
Haftalik ish rejasi doirasida deputat mahallada
Gallery image 110738
Gallery image 110739
Gallery image 110740
Gallery image 110741
Gallery image 110742
Gallery image 110743
Gallery image 110744
Gallery image 110745
Gallery image 110746
Gallery image 110747
Gallery image 110748
Gallery image 110749
Gallery image 110750
Gallery image 110751
Gallery image 110752
Gallery image 110753
Gallery image 110754
Gallery image 110755
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
01 Apr 2026
17:14

Haftalik ish rejasi doirasida deputat mahallada

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi”ga muvofiq, deputat A.Eshmatov “Bilimdon” MFYda bo‘lib, “yettilik” a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni 24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish tadbiri davomida “yettilik” faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–209, PF-258-sonli Farmonlari, PQ-421-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining VM-486-sonli qarorlari ijrosi asosida o‘rganildi. 

Shuningdek, “yettilik” a’zolari bilan e’tibordan tushib qolayotgan, biroq yechimini kutib turgan mahalla idorasi binosi qurilishini asossiz cho‘zilishi va mini-futbol maydonchasi barpo etish hamda mahalla hududini ko‘kalamzorlashtirish, mavjud bolalar maydonchalarining holati to‘g‘risida batafsil suhbat olib borildi.

Suhbatdan so‘ng deputat A.Eshmatov, “Bilimdon” MFY raisi Rixsivoy Maxamatov, xokim yordamchisi, uchastka inspektori bilan birgalikda hududda mavjud muammolarni o‘rgandilar. “Bilimdon” MFY binosi qurilish ishlari cho‘zilib ketgan obyektda bo‘lib, quruvchilar bilan suhbat olib bordilar. 

Mahalla hududida mini-futbol maydonchasini barpo etish uchun yer maydonini joyida o‘rgandilar. Mahalla yettiligiga smeta hujjatlarini tayyorlab o‘rnatilgan tartibda Kengashga taklif kiritish tavsiya etildi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash

 Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/