Barcha yangiliklar

















XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
18 Mar 2026
16:42
Mirobod tumanida deputat ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2026-yilning 18-mart kuni Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi raisi X.Z.Kayumov va tuman gaz bo‘limi mas’ullari ishtirokida “Ziyonur” mahallasida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 10 nafar fuqarolarning elektr quvvati, gaz ta’minoti, shuningdek, maishiy chiqindilarni hududdan olib chiqib ketish, mahallani obodonlashtirish masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat tegishli mutasaddilar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.