Barcha yangiliklar
Hokim o‘rinbosari va Deputatning birgalikdagi qabuli
Gallery image 110574
Gallery image 110575
Gallery image 110576
Gallery image 110577
Gallery image 110578
Gallery image 110579
Gallery image 110580
Gallery image 110581
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
16 Mar 2026
16:34

Hokim o‘rinbosari va Deputatning birgalikdagi qabuli

“Furqat” MFY binosida Mirobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.N.Najmiddinov va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati T.A.Gribanovaning birgalikda tashkil etilgan fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda 9 nafar fuqarolarning kommunal xizmatlar, bandlik, infratuzilma, tibbiyot, obodonlashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 

Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi. Ijrosi deputat T.Gribanova tomonidan nazoratga olindi. 

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi va tuman hokimining o‘rinbosarlari bilan birgalikda tasdiqlangan ish rejasi asosida mahallalarda fuqarolar bilan ochiq muloqot va qabullarni tashkil etish unda mavjud muammolarni tizimli hal etish ishlari deputatlar ishtirokida izchil davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/