Barcha yangiliklar
“Ochiq byudjet” axborot portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlari yuzasidan komissiya yig'lishi bo'lib o'tdi
Gallery image 110524
Gallery image 110525
Gallery image 110526
Gallery image 110527
Gallery image 110528
Gallery image 110529
Gallery image 110530
Gallery image 110531
Gallery image 110532
Gallery image 110533
Gallery image 110534
Gallery image 110535
Gallery image 110536
Gallery image 110537
Gallery image 110538
Gallery image 110539
Gallery image 110540
Gallery image 110541
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
11 Mar 2026
16:20

“Ochiq byudjet” axborot portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlari yuzasidan komissiya yig'lishi bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli, 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli byudjet jarayonlari o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-787-IV-sonli, 2025-yil 13-yanvardagi KQ-34-V-sonli qarorlari asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlari o‘tkazib kelinmoqda.

Shuningdek, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 2026-yil 29-yanvardagi III-19-7-14-199-K/26-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-280-V-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida”gi qarori bilan ishchi komissiya tarkibi tasdiqlangan.

Joriy yil tashabbusli byudjet jarayonining birinchi mavsumi, 1-bosqich (1-fevraldan boshlab 20-fevralgacha) jarayoni yakuniga yetib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Openbudget.uz” rasmiy veb-sayti orqali tumandagi tashabbuskor fuqarolar tomonidan jami 77 ta taklif kelib tushgan.

Tashabbusli byudjet jarayonining 1-bosqichida kelib tushgan 77 ta takliflarni ishchi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Komissiya tarkibida 4 nafar deputatlar ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/