Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI  YANGI BOG‘CHA — KELAJAK POYDEVORI!
Gallery image 110506
Gallery image 110507
Gallery image 110508
Gallery image 110509
Gallery image 110510
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
01 Apr 2026
15:55

DEPUTATLIK NAZORATI YANGI BOG‘CHA — KELAJAK POYDEVORI!

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Xudayberdiyevlar qurilish maydoniga tashrif buyurib, olib borilayotgan ishlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Qurilish sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi hamda loyiha talablariga mosligi alohida nazoratdan o‘tkazildi.

Shuningdek, quruvchi-tadbirkorga ishlarni yanada jadallashtirish, yuqori sifatni ta’minlash va obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan aniq taklif hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur loyiha tumanda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishda muhim qadam bo‘ladi!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati