Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 110301
Gallery image 110302
Gallery image 110303
Gallery image 110304
Gallery image 110305
Gallery image 110306
Gallery image 110307
Gallery image 110308
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
24 Fev 2026
13:17

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish kun tartibida: Mirobod tumani prokurorining 2025-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining Mirobod tumanida 2025-yil davomida ijrosi to‘g‘risida. 

Mirobod tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil davomida mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, norasmiy bandlik va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

Mirobod tumanida 2025-yilda aholining ishsiz qatlami bandligini ta’minlash va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish va legallashtirish, kasbga tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi to‘g‘risidagi mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/