Barcha yangiliklar
Mirobod tumani mahallalaridagi "Oqila ayollar harakati" a'zolari bilan uchrashuv
Gallery image 110278
Gallery image 110279
Gallery image 110280
Gallery image 110281
Gallery image 110282
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
18 Fev 2026
13:08

Mirobod tumani mahallalaridagi "Oqila ayollar harakati" a'zolari bilan uchrashuv

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʼnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy yetishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazildi. 

✨Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari F.V.Madaminova, Xalq deputatlari Mirobod tumani kengashi deputati F.Muxitdinova hamda tuman otinoyisi M.Mirzajonova ishtirok etdilar.

✨Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad jamoatchilikka, eng avvalo, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan obro‘-e’tiborli va katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, faol va tashabbuskor ayollarning sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratishda xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, ezgu g‘oyalarni singdirish, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish ishlarining samaradorligini oshirishdan iborat.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/