Barcha yangiliklar
Yoshlar bandligi – ustuvor masala!
Gallery image 110241
Gallery image 110242
Gallery image 110243
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
01 Apr 2026
12:52

Yoshlar bandligi – ustuvor masala!

Yoshlar bandligi – ustuvor masala!

🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Yoshlar maslahat guruhi bilan birgalikda tumanda yoshlar muammolarini hal etish hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

👥 Jumladan, “og‘ir” toifaga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

💬 O‘rganishlar yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilinib, ushbu masalani Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Yoshlar bilan ishlash — ertangi kun poydevori!