Barcha yangiliklar
Deputat mahallani obodonlashtirish ishlarida qatnashdi.
Gallery image 110233
Gallery image 110234
Gallery image 110235
Gallery image 110236
Gallery image 110237
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
01 Apr 2026
12:39

Deputat mahallani obodonlashtirish ishlarida qatnashdi.

#Deputat_mahallada #Ish_reja #Amaliy_ishlar #Obodonlashtirish

Buloqboshi tumani Kengashi 8-Uchtepa, Tinchlik saylov okrugi deputati To‘xtaqulov Umarali Akbaraliyevich tomonidan 2026-yil 1-aprel kuni haftalik ish rejasiga muvofiq hududda amaliy ishlar olib borildi.

Deputat Uchtepa mahallasida aholi bilan uchrashib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladi hamda o‘rganib chiqdi.

Shuningdek, mahalladagi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etib, hashar tadbirlarida qatnashdi, ko‘chalarni tozalash va hududni obod qilish ishlariga hissa qo‘shdi.

Deputat tomonidan bunday uchrashuv va amaliy ishlar aholi muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularga yechim topish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATING;

t.me/kengash_buloqboshi
http://www.facebook.com/kengash_buloqboshi