Barcha yangiliklar
DEPUTATLARIMIZ TALABA YOSHLARNING YASHASH SHAROITI BILAN TANISHDI
Gallery image 110219
Gallery image 110220
Gallery image 110221
Gallery image 110222
Gallery image 110223
Gallery image 110224
Gallery image 110225
Gallery image 110226
Gallery image 110227
Gallery image 110228
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
16 Fev 2026
12:42

DEPUTATLARIMIZ TALABA YOSHLARNING YASHASH SHAROITI BILAN TANISHDI

Mirobod tumani hokimligida jamoatchilik hamda deputatlardan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan talaba-yoshlarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi kotibiyati mudiri I.Abdullayeva, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Madaminova, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati B.Boltaeva, Ichki ishlar bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etdilar. Ishchi guruh tomonidan Toshkent davlat transport universiteti, Xalqaro Westminister universiteti Toshkent shahar filiali hamda Toshkent farmatsevtika instituti talabalar turar joylari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik masalalari, ma’naviy-ma’rifiy muhit, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish holati hamda mavjud muammo va takliflar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, yotoqxonalarda ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi, profilaktik ishlar samaradorligi hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash
 Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/