Barcha yangiliklar
#tavsiyalar_asosida
Gallery image 110075
Gallery image 110076
Gallery image 110077
Gallery image 110078
Gallery image 110079
Gallery image 110080
Gallery image 110081
Gallery image 110082
Gallery image 110083
Gallery image 110084
Gallery image 110085
Gallery image 110086
Gallery image 110087
Gallery image 110088
Gallery image 110089
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
01 Apr 2026
11:42

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari — Sh. Isamutdinov va D. Arabova, shuningdek mutaxassislar — I. Ikromov va Z. Temirova investitsiya loyihalarini o‘rganish maqsadida shahardagi sanoat zonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida hududdagi ishlab chiqarish korxonalari, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish jarayonlari atroflicha o‘rganildi. Hududning iqtisodiy salohiyati, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari, texnologik jihozlar va ishlab chiqarish quvvati baholandi. Shuningdek, mavjud investitsiya loyihalarining samaradorligi, ularning rivojlanish istiqbollari va hudud iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi tahlil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, deputatlar va mutaxassislar investitsiya loyihalarini yanada rivojlantirish, qo‘shimcha choralar ko‘rish va hududdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi. Shu bilan birga, hududdagi sanoat zonasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish va investitsiyalarni oshirish maqsadida kelgusida qo‘shimcha monitoring va hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)