Barcha yangiliklar
“Deputat mahallada”
Gallery image 109986
Gallery image 109987
Gallery image 109988
Gallery image 109989
Gallery image 109990
Gallery image 109991
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
14 Yan 2026
10:47

“Deputat mahallada”

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.A.Karimov “Avloniy” MFY hududidagi 328-umumta’lim maktabi hududida qo‘shimcha o‘quv binosini qurilish ishlarining boshlanganligi munosabati bilan o‘rganish tadbirlarini olib bordi. 

O‘rganish tadbiridan so‘ng deputat A.A.Karimov “Avloniy” MFY raisi G.M.Xasanova, yettilik a’zolari hamda 328-umumta’lim maktab direktori F.Gaziturova bilan suhbat olib bordi.

Hududda ijtimoiy soha obyektlarini qurilishi va ta’mirlash ishlarini nazoratga olish, shuningdek, mahallada yechimini kutib turgan bir qator dolzarb muammolar muhokama qilindi. Suhbat davomida deputat A.A.Karimov mahalla hududida olib borilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarni bitirib topshirish muddati, obodonlashtirish ishlarining borishi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirdi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuztib boring: 
Telegram tarmog'ida: https://t.me/MirobodKengash
Facebook tarmog'ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/