Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan ichki ko‘chalarni ta’mirlash masalalari o‘rganildi
Gallery image 109920
Gallery image 109921
Gallery image 109922
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
27 Mar 2026
10:35

Deputat tomonidan ichki ko‘chalarni ta’mirlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 15-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat B.Karabekova tomonidan Nurafshon mahallasidagi ta’mirga muhtoj ichki ko‘chalar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘chalarning ayrim qismlari qoniqarsiz holatda ekani, ularni shag‘allashtirish va tartibga keltirish zarurligi aniqlandi.

Shuningdek, hudud aholisi tomonidan deputatga ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so'rovi yuborilishi belgilandi.