Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 109908
Gallery image 109909
Gallery image 109910
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
31 Mar 2026
10:29

Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 5-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Z.Umurzakov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H.To'rayev bilan Navoiy mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Navoiy mahallasida faoliyat yuritayotgan “ANORBOYEV SHAVKAT” YATT tomonidan imtiyozli kredit asosida novvoyxona tashkil etilgani hamda aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.
Shuningdek, novvoychilik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida barcha zarur uskunalar, jumladan xamir qorish va non yopish jarayonlari uchun mo‘ljallangan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangani qayd etildi.
Mazkur tashabbus aholini sifatli non mahsulotlari bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.