Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 109894
Gallery image 109895
Gallery image 109896
Gallery image 109897
Gallery image 109898
Gallery image 109899
Gallery image 109900
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
31 Mar 2026
10:27

Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 5-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Z.Umurzakov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H.To'rayev bilan Navoiy mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholini daromadli qilish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda imtiyozli kreditlar ajratish orqali o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, deputatga hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar misolida olib borilayotgan ishlar tanishtirilib, xususan “ULUG‘LAR BEKI” oilaviy korxonasi faoliyati o‘rganildi. Mazkur korxonada qurilish materiallari — shlakoblok (beton blok) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 5 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.
Aniqlanishicha, ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida xorijdan zamonaviy uskunalar olib kelingan bo‘lib, bu korxonaning quvvatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.
Mazkur ishlar hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.