Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
Gallery image 109891
Gallery image 109892
Gallery image 109893
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
25 Mar 2026
10:26

DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati G.Xudoyarovaning "Tinchlik" MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismida yomg‘ir va qor suvlarini oqizish tizimini (tarnovlar) o‘rnatish va ta’mirlash yuzasidan yuborgan deputatlik so‘rovi ijobiy natija berdi.

O‘rganish yakunlari va amalga oshirilgan ishlar:

Yoshlik ko‘chasi, 255-uy: Mazkur uyning tom qismidagi yomg‘ir suvlarini oqizish tizimi (tarnovlar) to‘liq ta’mirlanib, mavjud nosozliklar bartaraf etildi. Hozirda tizim foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilgan.

Sayxun ko‘chasi, 249-uy: Ushbu uyning tom qismidagi tizimni ta’mirlash ishlari 2026-yilning ikkinchi choragi uchun tuzilgan ish rejasiga kiritildi. Belgilangan muddatlarda ta’mirlash ishlari yakunlanishi rejalashtirilgan.

Mazkur masalalarning ijrosi "Kuxinur siti-SSS" MCHJ BSK tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, reja asosida to‘liq bajarilishi ta’minlanadi.

Deputatlar tomonidan aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va kommunal muammolarni hal etish borasidagi ishlar davom etmoqda.