Barcha yangiliklar
Aholi murojaatlari deputat nazoratida
Gallery image 109887
Gallery image 109888
Gallery image 109889
Gallery image 109890
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
07 Yan 2026
10:26

Aholi murojaatlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Xayrulla Kayumov "Bayot" mahalla fuqarolar yig‘inida qabul o‘tkazdi.

Deputat qabulida fuqarolar tomonidan mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid bir qator masalalar ko‘tarildi, dolzarb muammolar yuzasidan yordam so‘rab ayrim fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat deputat tomonidan qayd etilib, alohida mas’ul tashkilotlar bilan o‘rganish ishlari olib borish, natijasi yuzasidan ta’sirchan deputat nazorati olib borilishini ta’kidlab o‘tildi.