Barcha yangiliklar





MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
31 Mar 2026
22:57
Mahallada o‘tkazilgan ochiq muloqotda ko‘tarilgan muammolar joyida borib o‘rganildi
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng, deputat A.Tog‘aymuratov (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8326) bevosita hududga chiqib, saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarni joyida borib o‘rgandi.
💬Deputat aholi kundalik hayotiga daxldor bo‘lgan bir qator masalalarga alohida e’tibor qaratdi:
🔅Infratuzilma: Ta’mirtalab ichki yo‘llar holati;
🔅Kommunal tizim: Elektr tarmoqlari, tungi yoritish chiroqlari holati;
🔅Obodonlashtirish: Hududning sanitariya holati va chiqindilarni olib chiqib ketish tizimi.
🫥Nazorat jarayonida aniqlangan va yechimi mutasaddi tashkilotlar aralashuvini talab etadigan har bir muammo bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.