Barcha yangiliklar
Murojaat deputat tomonidan o‘rganildi.
Gallery image 109794
Gallery image 109795
Gallery image 109796
Gallery image 109797
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
31 Mar 2026
19:47

Murojaat deputat tomonidan o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamovga saylov okrugidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaat deputat tomonidan shu kunning o‘zidayoq joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muammoning sabablari atroflicha tahlil qilinib, uni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilab olindi. Xususan, ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni samarali hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bu kabi amaliy ishlar aholi muammolarini bartaraf etish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.