Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan 1-Uvaysiy saylov okrugida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Gallery image 109789
Gallery image 109790
Gallery image 109791
Gallery image 109792
Gallery image 109793
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
31 Mar 2026
19:46

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan 1-Uvaysiy saylov okrugida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

 Unda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi Z.Domilayev, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda shahar xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Jo‘raboyeva ishtirok etdilar.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ijtimoiy, kommunal, bandlik hamda boshqa yo‘nalishlarda bir qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash choralar belgilandi.

Ta’kidlanishicha, bu kabi qabullar aholi muammolarini bevosita joylarda o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.