Barcha yangiliklar
Marg‘ilon shahrida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va muammolarni joyida hal etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Gallery image 109786
Gallery image 109787
Gallery image 109788
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
31 Mar 2026
19:44

Marg‘ilon shahrida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va muammolarni joyida hal etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan 25-Orol bo‘yi saylov okrugida oqava suv tarmoqlari bilan bog‘liq murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borildi. 

Jarayonga tegishli soha mutaxassislari ham jalb etildi.

O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammo atroflicha ko‘zdan kechirilib, uning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi.

Shuningdek, oqava suv tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.