Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 109757
Gallery image 109758
Gallery image 109759
Gallery image 109760
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
31 Mar 2026
19:26

Kengash_faoliyati

Kitob — bilim manbai, ma’naviyat xazinasi

✅Bandixon tumanida davlat organlari va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining intellektual salohiyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari doimiy e’tiborda.

✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi E.Jurayev, tuman Kengashi deputati O.Jumayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tuman Ichki ishlar bo‘limida bo‘lishdi.

🔴O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:

🔴Bo‘lim tasarrufidagi kutubxonaning umumiy holati va kitob fondi;

🔴Xodimlarning mutolaa qilishlari uchun yaratilgan sharoitlar;

🔴Badiiy va sohaviy adabiyotlarning yangilanish darajasi.

✅Muloqot davomida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, xodimlarning huquqiy va estetik bilimlarini boyitishda kutubxonaning o‘rni beqiyos ekanligi ta’kidlandi. Mas’ullarga kutubxona fondini yangi nashr etilgan badiiy adabiyotlar bilan boyitish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

"Ma’naviyatli xodim — el-yurt tinchligining mustahkam qalqonidir."