Barcha yangiliklar
Fuqarolar qabuli tashkil etildi
Gallery image 109702
Gallery image 109703
Gallery image 109704
Gallery image 109705
Gallery image 109706
Gallery image 109707
Gallery image 109708
Gallery image 109709
Gallery image 109710
Gallery image 109711
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
31 Mar 2026
17:35

Fuqarolar qabuli tashkil etildi

Haftalik ish reja doirasida bugun Shahrisabz tumanida fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi. Unda Shahrisabz tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Samad Xasanov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Luqmon Mamadiyorov, tumandagi tashkilotlar va mutasaddi idoralar rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Qabul davomida aholi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar, infratuzilma hamda kommunal xizmatlarga oid murojaatlar, shuningdek, moddiy yordam so‘rovlari bildirildi.

Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.