Barcha yangiliklar
Ichki ko‘chalarnng obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 109679
Gallery image 109680
Gallery image 109681
Gallery image 109682
Gallery image 109683
Gallery image 109684
Gallery image 109685
Gallery image 109686
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
31 Mar 2026
17:14

Ichki ko‘chalarnng obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq deputatlar M.Ashurov, B.Kamalov, kotibiyat mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatuvchi “Rahnamo Servis” MChJ rahbari O‘. Normetov, “Tovoqsoy” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda mahalla ko‘chalarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha hamda chiqindilarni olib chiqib ketish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi aholi bilan ichki yo‘llar yoqalariga qum, shag‘al, tuproq va shunga o‘xshash turli sochiluvchan va changuvchi qurilish materiallarini to‘plamaslik, mavjudlarini qisqa muddatlarda xonadon hovlilariga olib kirish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

🔷Shu bilan birga, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati yuzasidan aholi fikrlari tinglanib, jamiyat rahbariga ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.