Barcha yangiliklar
YOSHLAR BANDLIGI
Gallery image 109667
Gallery image 109668
Gallery image 109669
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
30 Mar 2026
00:00

YOSHLAR BANDLIGI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati R.Jo‘rayeva tomonidan shahardagi Tumar MFY yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar va loyihalar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida nafaqat mahalladagi tadbirlar va yoshlar bandligi holati, balki amaliyot hujjatlari, reja va hisobotlar ham atroflicha ko‘zdan kechirildi. Bu orqali amalga oshirilayotgan ishlarning tartib-intizomi, rejalashtirilgan chora-tadbirlar ijrosi va natijadorligi baholandi.

Shuningdek, mahalladagi yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalarda ishtirokini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamiyatdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat tomonidan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi va hujjatlar ijrosi yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berilib, kelgusida ishlarni yanada tizimli tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.