Barcha yangiliklar
#tavsiyalar_asosida
Gallery image 109653
Gallery image 109654
Gallery image 109655
Gallery image 109656
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
31 Mar 2026
16:52

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, D. Raximova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari I. Ikromov, Z. Temirovalar tomonidan 7-umumta’lim maktabidagi yashil makonlar bilan tanishildi.

Tashrif davomida maktab hududidagi daraxtlar, gulzorlar va yashil maydonlarning holati e’tiborga olindi. Shuningdek, ularning parvarishi, tartibli saqlanishi va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Joyida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi va maktab hududidagi yashil makonlarni rivojlantirish hamda yanada tartibli saqlash zarurligi ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)