Barcha yangiliklar
#sayyor_qabul
Gallery image 109619
Gallery image 109620
Gallery image 109621
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
31 Mar 2026
16:45

#sayyor_qabul

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan o‘z saylov okrugida sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur qabulni tashkillashtirishda kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov hamda mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari faol ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida 10 dan ortiq saylovchilar ishtirok etib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, qabul jarayonida aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Murojaatlarni nazoratga olish hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)