Barcha yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi qonun loyihasi haqida suhbatlashildi.
Gallery image 11358
Gallery image 11359
Gallery image 11360
Gallery image 11361
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 May 2024
10:09

O'zbekiston Respublikasi qonun loyihasi haqida suhbatlashildi.

Takliflar olindi...

Bugungi o‘rganishlarimizni tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limidan boshladik. Bo‘lim xodimlari va bir qancha fermerlar bilan mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar, xususan "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi haqida suhbatlashildi. Mazkur qonun loyihasi muhokama etilib, fermerlar va soha vakillaridan bir necha takliflar olindi. "Hovuzak" mahallasidagi faxriy o‘qituvchi xonadonida bo‘lib, hol-ahvoli so‘raldi. "Buston" mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandik, ba’zi o‘rinlarda tavsiyalar berilib, aholi murojaatlari tinglandi. Aksariyat muammolar tumanning o‘zida yechiladigan bo‘ldi.