Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati
Gallery image 109462
Gallery image 109463
Gallery image 109464
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
31 Mar 2026
14:15

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 5-Mirzo Olim saylov okrugidan saylangan deputat Rajabov Jahongir Ahmadjonovich savdo do‘konlarida o‘rganish ishlari olib bordi.

 O‘rganish davomida savdo do‘konlarida oziq-ovqat mahsulotlari savdosi holati, mahsulotlar sifati, narx-navoning asosliligi hamda aholiga yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, savdo rastalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Jarayon davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar yetkazilishi takidlandi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash hamda sun’iy oshirish holatlarining oldini olish yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.