Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati
Gallery image 109435
Gallery image 109436
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
27 Mar 2026
00:00

Deputat faoliyati

Deputat tashabbusi bilan muammo hal etildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 25-Qarnabota saylov okrugidan saylangan deputat Begmatov Uchqun Ravshanovich tomonidan ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.

Paxtachi tumanining olis hududi Qarnabota mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolar ushbu mahallada yashovchi yoshga doir va nogironlik nafaqalarini oluvchilar, konchilar hamda ishchi xodimlarga qo‘laylik yaratish maqsadida Qarnabota mahallasi hududiga bankomat o‘rnatib berilishini yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur murojaat asosida hudud o‘rganilib, Paxtachi tumanining olis hududi Qarnabota mahallasida yashovchi fuqarolariga qo‘laylik yaratish maqsadida Qarnabota mahallasi hududiga deputat tashabbusi bilan bankomat o‘rnatilib berildi.
Muammo deputat tashabbusi bilan to‘liq bartaraf etildi.