Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati
Gallery image 109395
Gallery image 109396
Gallery image 109397
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
19 Mar 2026
00:00

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 13-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugidan saylangan deputat F.Kenjayev hamda Kengash kotibiyati mudiri R.Magripovalar savdo do‘konlarida o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish jarayonida aholining kundalik iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa asosiy mahsulotlarning narx-navosi, oziq-ovqatlarning yaroqlilik muddati, ularning mavjudligi hamda savdo jarayonida iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi holatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahsulotlar narxlarining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, savdo madaniyati va sanitariya qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Bu kabi o‘rganish ishlari aholi manfaatlarini himoya qilish, narxlar barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini yanada mustahkamlashga qaratiladi.