Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasi tomonidan tumandagi qurilish obyektlari o‘rganildi.
Gallery image 109384
Gallery image 109385
Gallery image 109386
Gallery image 109387
Gallery image 109388
Gallery image 109389
Gallery image 109390
Gallery image 109391
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
31 Mar 2026
11:41

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasi tomonidan tumandagi qurilish obyektlari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlarda Xalqparvar komissiyasi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A. Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov hamda tuman Kengashi deputati X. Tavasharov, Xalqparvar komissiyasi a’zolari ishtirok etdi. Xususan, tuman tibbiyot birlashmasi hududida yangidan barpo etilayotgan bino qurilish jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov hamda I. Roziqov tomonidan qayd etildi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va korxonalarga rasmiy aloqa xatlari yuborildi. Shu bilan birga, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati