Barcha yangiliklar
Deputat “Open budjet” dasturiga tushgan IDUM da o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 109196
Gallery image 109197
Gallery image 109198
Gallery image 109199
Gallery image 109200
Gallery image 109201
Gallery image 109202
Gallery image 109203
Gallery image 109204
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
31 Mar 2026
09:07

Deputat “Open budjet” dasturiga tushgan IDUM da o‘rganish ishlari olib borildi.

 Buloqboshi tumani Navoiy MFY hududida joylashgan 68-IDUM maktabida “Open budjet” dasturi doirasida g‘olib deb topilgan loyiha yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganish xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi
10-Shirmonbuloq,Navoiy saylov okrugi deputat Akramov Doniyor Abduraxmonovich tomonidan amalga oshirilib, unda maktabda rejalashtirilgan qurilish va ta’mirlash ishlari, shuningdek, mavjud infratuzilmaning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
 

O‘rganish davomida maktab binosining texnik holati, sinfxonalar eshik romlari fasad qismlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha doirasida ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish, ishlarning
sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, amalga oshiriladigan barcha ishlar ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus hududdagi ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay o‘quv muhitini yaratishga xizmat qiladi.