Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 109099
Gallery image 109100
Gallery image 109101
Gallery image 109102
Gallery image 109103
Gallery image 109104
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
30 Mar 2026
19:14

Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-mart kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiya videokonferensaloqa tizimi orqali tashkil etilib, unda Oltinsoy tumani hokimligining katta majlislar zalidan ham ishtirok etildi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, Kotibiyat mudiri, doimiy komissiyalar raislari, Kotibiyatning bosh mutaxassislari, shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A. Oripov hamda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, viloyat Kengashi deputati A. Oripov tomonidan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati