Barcha yangiliklar
G‘OZG‘ON SHAHRIDA “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRLARI BOʻLIB OʻTDI
Gallery image 11281
Gallery image 11282
Gallery image 11283
MURODOV DALER DAVRON O‘G‘LI
25 May 2024
00:00

G‘OZG‘ON SHAHRIDA “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRLARI BOʻLIB OʻTDI

G‘ozg‘on shahrining barcha umumta’lim maktablarida “Ilm saodat kaliti!” shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtdi. 

Shahar hokimi Azim Bazarov, Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi kotibiyat mudiri Furqat Qo'shakov, shahar IIB boshlig‘i Azim Muhitdinov boshchiligidagi mas'ullar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etib, o‘quv yili davomida yutuqlarga erishgan bir guruh o‘quvchi, o‘qituvchi hamda ota-onalar taqdirlashdi.

Tadbirda so‘z olganlar, bugundan boshlab katta hayotga qadam qo‘yayotgan joriy yil bitiruvchi yoshlariga o‘zlarining samimiy dil izhorlarini bildirib o‘tishdi.