Barcha yangiliklar
Yoshlar murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi
Gallery image 109007
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
30 Mar 2026
16:49

Yoshlar murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi

 🔹Deputat va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda hududda o‘smir-yoshlarni ma’nan va jismonan kamol topishi uchun yaratilayotgan sharoitlar va yaqin kelajakda yana qanday qulayliklar yaratilishi zarurligi to‘g‘risida suhbatlashildi. Yoshlar vakillari tomonidan mahalla markazida aholi va bolalar uchun yangi sport inshootlarini barpo etish, hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zali anjomlari va jihozlarini yangilash, shuningdek yangi yoshlar bog‘ini yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi. 

🔹Yoshlar bandligini ta’minlash, bu borada ularning ilk tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga quyish uchun nimalar qilish zarurligi haqida fikrlar almashildi. Tuxtasinov Shamsiddin bandligini ta’minlanishini so‘rab, Qo‘ziyev Abduxalim imtiyozli kredit masalasida qilgan murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularga huquqiy tushuntirish berildi.