Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 108982
Gallery image 108983
Gallery image 108984
Gallery image 108985
Gallery image 108986
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
30 Mar 2026
16:22

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 🏥 Sifatli va tezkor tibbiy xizmat — ustuvor
vazifa 

  

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
deputat Y.Berdiyarov tomonidan “Andijon” mahallasidagi oilaviy shifokorlik
punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda tezkorligini
oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi. Xususan, muassasada joriy etilgan
elektron tizimlar orqali bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, tibbiy
ma’lumotlarning yuritilishi va ularning samaradorligi bilan yaqindan
tanishildi. 

  

🩺O‘rganish
davomida elektron poliklinika, elektron tibbiy karta va elektron retsept
tizimlarining aholiga qulaylik yaratishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Ushbu
tizimlar orqali fuqarolarga ortiqcha vaqt yo‘qotmasdan, aniq va sifatli tibbiy
yordam ko‘rsatish imkoniyati kengayib borayotgani qayd etildi. 

  

🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.