Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 108975
Gallery image 108976
Gallery image 108977
Gallery image 108978
Gallery image 108979
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
30 Mar 2026
16:16

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 🌿 Yashil makon — kelajak poydevori 

  🌱Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati I.Qo‘chqorova tomonidan “Ko‘rkam diyor” mahallasida “Yashil makon milliy loyihasi” doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayon davomida hududda olib borilayotgan daraxt ekish ishlari, yer tayyorlash hamda
ko‘chatlarning parvarishi alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi. 

  🌳Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, har bir ekilgan niholni asrab-avaylash, ularni sug‘orish va parvarishlash masalalariga alohida urg‘u
berildi. Bu borada mas’ul tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

  🌲Bunday amaliy ishlar nafaqat hudud ko‘rinishini yaxshilashga, balki kelajak avlod uchun sog‘lom va yashil muhit yaratishga xizmat qiladi. 

  Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.