Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi: Ta’lim maskani deputat e’tiborida
Gallery image 108959
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
28 Mar 2026
15:47

Deputat so‘rovi: Ta’lim maskani deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining 19-Qoraqursoq saylov okrugidan saylangan deputati Z.Shaynayeva tomonidan, tuman hokimi o‘rinbosari O.Xamrayevga, bugun 50-ds-400-26-sonli rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur so‘rovda "Qoraqursoq" mahallasi hududida joylashgan 61-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zalini mukammal ta’mirlash masalasi so‘ralgan.

Deputat o‘z saylovchilarining murojaatlari asosida o‘quvchi-yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun munosib sharoit yaratish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Hozirda ushbu masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumot berilishi kutilmoqda.