Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 108946
Gallery image 108947
Gallery image 108948
Gallery image 108949
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
27 Mar 2026
15:41

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini tuman Kengash raisi Dilorom Xashimova olib bordi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi. Sessiyada viloyat hamda tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman davlat organlari rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

️Sessiyada Jarqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Elmurod Avazov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

️Viloyat rahbari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga Saparov Ilhom Ochilovich nomzodi taklif etildi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.