Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 108852
Gallery image 108853
Gallery image 108854
Gallery image 108855
Gallery image 108856
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
30 Mar 2026
14:39

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida olib borilgan ishlar tahlil qilindi.

Shahar prokurori yordamchisi o‘z axborotida ta’kidlaganidek, mazkur qaror asosida mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish hamda xavfsiz muhitni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, profilaktika inspektorlari, mahalla faollari hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli ishlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, korrupsiya holatlarining oldini olish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. 

Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savollar berilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi hamda kelgusida ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.