Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida deputatlar, kotibiyat xodimlari hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faollari uchun “Sun’iy intellektning boshlang‘ich va asosiy tushunchalari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Gallery image 108846
Gallery image 108847
Gallery image 108848
Gallery image 108849
Gallery image 108850
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
30 Mar 2026
14:30

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida deputatlar, kotibiyat xodimlari hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faollari uchun “Sun’iy intellektning boshlang‘ich va asosiy tushunchalari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Farg‘ona viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Jalilov Bahromjon Odiljonovich ishtirok etdi.

Seminar davomida sun’iy intellektning bugungi kundagi ahamiyati, davlat boshqaruvi hamda turli sohalarda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.

Mazkur seminar ishtirokchilarning zamonaviy raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi.