Barcha yangiliklar
🔘 DEPUTAT MAHALLADA
Gallery image 108704
Gallery image 108705
DJANIBEKOV AZIZBEK URMANOVICH
28 Mar 2026
19:17

🔘 DEPUTAT MAHALLADA

🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati G. Risqulova Shova mahallasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, ayniqsa yoshlar masalalari bilan yaqindan tanishildi.

🔹Uchrashuv jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, ularning samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. 

🔹Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Yoshlar bilan ishlashda mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.