Barcha yangiliklar
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
Gallery image 108695
Gallery image 108696
Gallery image 108697
Gallery image 108698
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
27 Mar 2026
16:38

Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi "Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 126-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan “Starmax Miracle Servis “MChJ ga qarshli davlat xususiy sherikchilik asosida o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan bolalar uchun kunduzgi qarab berish xizmati faoliyatini o‘rganishdi. 

Bunday loyihalar xususiy sheriklik asosida, davlat tomonidan subsidiya orqali amalga oshirilmoqda.

Bu xizmatdan foydalanayotgan onalar farzandlariga mehri va g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Ularning aytishicha, oldinlari bunday bolalar faqat uyda o‘tirar, jamiyatdan ajralib qolardi. 

Yangi ijtimoiy himoya tizimi tufayli endi ular ham “yorug‘likka” chiqyapti. Nogironligi bor bolalar inklyuziv ta’limga, qiziqarli dars va mashg‘ulotlarga jalb etilib, hayotiy ko‘nikmalarni o‘rganyapti. Bu nogiron farzandi bor oilalar uchun juda katta madad va taskindir.