Barcha yangiliklar
Tashabbusli budjet natijalari Zarbdor tumanida muhokama qilindi
Gallery image 108637
Gallery image 108638
Gallery image 108639
Gallery image 108640
Gallery image 108641
Gallery image 108642
Gallery image 108643
Gallery image 108644
Gallery image 108645
Gallery image 108646
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
27 Mar 2026
15:44

Tashabbusli budjet natijalari Zarbdor tumanida muhokama qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva hamda O'z XDP Jizzax viloyati Kengashi raisi Nuriddin Xolmatov tashabbusli budjet natijalari yuzasidan Zarbdor tumani hokimi Bekzod Tashpulatov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilgan loyihalar, ajratilgan mablag‘larning samaradorligi hamda aholi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning bajarilish jarayoni atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida tashabbusli budjet doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar hududni yanada obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni izchil davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.