Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 108576
Gallery image 108577
Gallery image 108578
Gallery image 108579
Gallery image 108580
Gallery image 108581
Gallery image 108582
Gallery image 108583
Gallery image 108584
Gallery image 108585
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
28 Mar 2026
14:02

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat Jumavoy Rahmonqulovning faoliyati “Deputat bilan bir kun” loyihasi asosida yoritildi.

👵 Mazkur loyiha doirasida deputat kunni mahallaning nuroniy onaxonlari holidan xabar olish, ularning hol-ahvolini so‘rab, duolarini olish bilan boshladi.

🏫 Shundan so‘ng, hududda joylashgan 53-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishib, jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Navbahor” mahallasi hududida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etildi.

♟Shuningdek, ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, ular bilan shaxmat-shashka o‘ynaldi.

🏪 Deputat hududdagi oziq-ovqat do‘konlari faoliyati bilan tanishib, sotuvdagi mahsulotlarning sifati va sharoitlarini ham ko‘zdan kechirdi.

⚽️ So‘ngra deputat “Navbahor” mahallasidagi futbol maydonida yoshlar ishtirokida mini futbol musobaqasi tashkil etilib, faol qatnashgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.