Barcha yangiliklar
HUDUDDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR OʻRGANILDI.
Gallery image 108501
Gallery image 108502
Gallery image 108503
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
28 Mar 2026
12:39

HUDUDDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR OʻRGANILDI.

Oʻrganishlar 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib, maktabning sport maydonchalari, sport zali va ulardagi sport anjomlari bilan ta'minlanish holati koʻzdan kechirildi. Maktabda hozirgi kunda sport zal, mini futbol maydoni, qoʻl toʻpi maydoni, sohil boʻyi voleybol maydoni va basketbol maydonlari mavjudligi, “Shakarkent” MFYda istiqomat qiluvchi aholi va uyushmagan yoshlar uchun soat 16:00 dan 24:00 ga qadar foydalanish imkoniyati yaratilganligi aniqlandi. Shuningdek, oʻrganishlarda maktab sport zalini mukammal taʼmirlash zarurligi aniqlanib, mavjud muammo asosida tuman mutasaddilariga deputatlik soʻrovi yuborilib, muammo deputatlik nazoratiga olindi.